Eurosoft

Tadbirlar

Eurosoft «INDIASOFT 2022» xalqaro IT ko‘rgazmasida

Nyu-Dehlida IT Park delegatsiyasi tarkibida, 60 davlatdan 200+ kompaniya orasida.

Nyu-Dehlidagi INDIASOFT 2022 ko‘rgazmasida IT Park Uzbekistan delegatsiyasi

23–24-mart kunlari IT Park delegatsiyasi va IT Park rezidentlaridan biri Eurosoft Hindistonning Nyu-Dehli shahrida bo‘lib o‘tgan «INDIASOFT 2022» xalqaro IT ko‘rgazmasi va konferensiyasida ishtirok etdi.

Tadbirda BAA, Jazoir, Bangladesh, Belgiya, Braziliya, Kanada, Chili, Kolumbiya, Daniya, Misr, AQSh, Rossiya, Yaponiya, Singapur, Niderlandiya, Buyuk Britaniya va Fransiya kabi 60 davlatdan 200 dan ortiq kompaniya ishtirok etdi.

IT Park delegatsiyasi biznes jarayonlari autsorsingi va dasturiy ta’minot sohalaridagi 100 ga yaqin xorijiy kompaniya bilan muzokaralar olib bordi.

Bunday tadbirlar mahalliy IT kompaniyalarga xorijdan loyiha va buyurtmalar olishga hamda O‘zbekiston IT sohasini rivojlantirishga yordam beradi.