Bosh sahifa /
Portfolio /
Detail
Buyrak va (yoki) jigarning bir qismi, shuningdek gematopetik suyak iligi transplantatsiyasi bilan og'rigan bemorlarning reestri, sarf materiallari monitoringi
Tavsif
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi uchun ishlab chiqilgan ushbu ERP tizimi, tibbiyot muassasalariga xaridlar va yetkazib berish jarayonlarini kuzatib borish bo‘yicha yagona va kompleks tizimning mavjud emasligi sababli, ma’lumotlarni markazlashgan holda yig‘ish, boshqarish va resurslarni rejalashtirishni ta’minlash maqsadida yaratildi.
Tizim orqali mahsulotning Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan xarid qilingan vaqtidan boshlab har bir bosqichi to‘liq nazorat qilinadi: qachon va kimdan xarid qilingani, narxi hamda qaysi shifoxonaga tarqatilgani kabi barcha ma’lumotlar qayd etiladi. Shuningdek, ERP tizimi omborxona zaxiralarini boshqarish, markazlashtirilgan xarid so‘rovlarini monitoring qilish, hujjatlarni boshqarish kabi imkoniyatlarni ham taqdim etadi. Bu esa sog‘liqni saqlash tizimidagi barcha resurs va ta’minot vositalarining butun hayotiy tsiklini samarali va shaffof tarzda boshqarish imkonini beradi.


