BLOG

Yangiliklar
Eurosoft kompaniyasi "INDIASOFT 2022" xalqaro IT ko'rgazmasi va konferentsiyasiga tashrif buyurdi
Eurosoft kompaniyasi "INDIASOFT 2022" xalqaro IT ko'rgazmasi va konferentsiyasiga tashrif buyurdi
Eye

27

Ulashish:
TelegramInstagramFacebook

23-24 mart kunlari IT Park delegatsiyasi va Eurosoft rezidentlaridan biri Hindistonning Nyu-Dehli shahrida bo'lib o'tgan "INDIASOFT 2022" xalqaro IT ko'rgazma va konferentsiyasiga tashrif buyurishdi.

Tadbirda BAA, Jazoir, Bangladesh, Belgiya, Braziliya, Kanada, Chili, Kolumbiya, Daniya, Misr, AQSh, Rossiya, Yaponiya, Singapur, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqa 60 ta davlatdan 200 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etdi.

IT Park delegatsiyasi BPO (Business process autsorsing) va dasturiy ta'minot sohalarida 100 ga yaqin xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi.

– Bunday xalqaro tadbirlarda ishtirok etish mahalliy IT-kompaniyalarga xorijiy loyiha va buyurtmalarni jalb etish, O'zbekiston Respublikasining IT-sohasini rivojlantirishda ulkan ahamiyat kasb etadi, – deydi IT-Park rezidenti, EUROSOFT rahbari Murojon G'aniyev.