BLOG

Yangiliklar
Buyuk Britaniya Lordlar palatasi a'zosi bilan uchrashuv
Buyuk Britaniya Lordlar palatasi a'zosi bilan uchrashuv
Eye

51

Ulashish:
TelegramInstagramFacebook

Joriy yilning 23 iyun kuni O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o'rinbosari I.Jasimov, shuningdek, "Bikal" kompaniyasi vakili Buyuk Britaniya Lordlar palatasi a'zosi A.Karlayl bilan uchrashdi.

"Bikal" - sun'iy intellekt texnologiyasi va giperma'lumotlarni saqlashni rivojlantirishga bag'ishlangan Britaniya kompaniyasi.

Uchrashuvda tijorat arbitraji bo'yicha kelgusida hamkorlik qilish, investitsiya nizolarini hal etishda ingliz huquqidan foydalanish bo'yicha yuridik amaliyot va tajriba almashish, sun'iy intellekt sohasida qonunchilikni rivojlantirish, shuningdek, O'zbekiston qishloq xo'jaligi mahsulotlarini eksport qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.